Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-noyabr (beta uchun qoralama)
Bu sahifa kalimago.uz sayti va KalimaGo ilovasi qanday maʼlumotlarni yigʻishi, nima uchun va qancha saqlashini tushuntiradi.
Saytda nima yigʻamiz
Beta roʻyxatiga yozilganingizda: email manzilingiz, sayt tili, qaysi forma orqali yozilganingiz, reklama havolasi belgilari (utm) boʻlsa ular va yozilgan vaqt.
Ixtiyoriy: «Arab tilini nima uchun oʻrganmoqchisiz?» savoliga javobingiz.
Spamdan himoya uchun IP manzilingizdan olingan tuzli xesh (IP manzilning oʻzi saqlanmaydi). Bu yozuvlar 24 soatdan keyin oʻchiriladi.
Nima uchun
Beta ochilganda va yangi modul chiqqanda sizga xat yuborish, roʻyxatni spamdan himoya qilish va kursni maqsadingizga moslash uchun. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
Kim qayta ishlaydi
Maʼlumotlar Supabase maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Sayt Cloudflare Pages’da joylashgan.
Cloudflare Turnstile formani bot emas, odam yuborayotganini tekshiradi. Buning uchun Cloudflare brauzeringiz va IP manzilingiz haqidagi texnik maʼlumotlarni oʻz siyosatiga koʻra qayta ishlaydi.
Tashriflar soni Cloudflare Web Analytics bilan hisoblanadi: cookie ishlatilmaydi, siz shaxsan aniqlanmaysiz.
Tasdiq xati yoqilgan boʻlsa, u Brevo xizmati orqali yuboriladi.
KalimaGo ilovasida
Ilovada email manzilingiz, ismingiz (agar kiritsangiz) va oʻqish natijalaringiz (darslar, XP, seriya, test natijalari) saqlanadi.
Talaffuzni tekshirish uchun ovozingiz yozib olinadi. Chrome brauzerida nutqni tanish uchun brauzer ovozni Google’ga yuboradi. Talaffuz bahosi uchun qisqa yozuv Microsoft Azure nutq xizmatiga yuboriladi; yozuv saqlanmaydi.
Ustoz tekshiruvi uchun oʻzingiz yuborgan yozuvlar va qoʻlyozmalar baholangandan 30 kun oʻtib oʻchiriladi.
Qancha saqlaymiz
Roʻyxatdagi email manzil — roʻyxatdan chiqishni soʻraguningizcha yoki xizmat yopilguncha. Ilova hisobi — uni oʻchirishni soʻraguningizcha.
Huquqlaringiz
Maʼlumotlaringiz nusxasini olish, ularni tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Hisobni oʻchirish yoki roʻyxatdan chiqish uchun kalimaarabtili@gmail.com manziliga yozing; 30 kun ichida bajaramiz.
Aloqa
Savollar boʻlsa: kalimaarabtili@gmail.com.