ك KalimaGo
UZRUEN
Betaga yozilish
Beta 10-dekabrda ochiladi

Arab tilini alifbodan sertifikatgacha oʻrganing.

KalimaGo Fusha arab tili uchun bitta platforma: qisqa kundalik darslar, yozuv va talaffuzni tekshiradigan AI, jonli ustozlar hamda At-Tanal va CEFR imtihonlariga tayyorgarlik. Bosqichma-bosqich ochamiz, birinchi boʻlib alifbo.

Bepul. Beta ochilganda birinchi boʻlib xabar beramiz.

Web · iOS · AndroidOʻzbekcha · Русский · EnglishFaqat til · Fusha (MSA)
Jonli darsUstoz bilan · 1:1 yoki guruh
Kosacha va nuqta joyidaAI yozuvingizni tekshirdi

«Kitob», «maktab», «ilm» arab tilidan kirgan

Oʻzbek tilida yuzlab arabcha soʻz bor. 28 harfni oʻrgansangiz, ularni asl yozuvda oʻqiy boshlaysiz.

اalifبbaتtaثthaجjimحḥaخkhaدdalذdhalرraزzayسsinشshinصṣadضḍadطṭaظẓaعʿaynغghaynفfaقqafكkafلlamمmimنnunهhaوwawيya
كِتَابkitobمَكْتَبmaktabعِلْمilmقَلَمqalamحِسَابhisobسَفَرsafarخَبَرxabarدَرْسdarsوَقْتvaqtسَاعَةsoat

Noldan sertifikatgacha bitta ilovada

Avval alifbo, keyin umumiy arab tili, soʻng imtihonga tayyorgarlik. Modullar birin-ketin ochiladi, natijalaringiz esa bitta hisobda saqlanadi.

Alifbo karvon yoʻli koʻrinishida. Har bekatda toʻrt yangi harf, bitta oʻqish qoidasi va karvonsaroy testi. Shaharni bosing yoki karvon oʻzi yursin.

1 / 7 · Safar boshlanadi
1-BEKAT · REGISTON

Samarqand

«Registon» — «qumli maydon» degani. XV asrda Ulugʻbek shu yerda madrasa qurdirgan; unda astronomiya va matematika oʻqitilgan.

اalifبbaتtaثtha
بَOʻqish qoidasi: harakat (a · i · u belgilari)
Namuna: alifbo darsi

Bitta dars 6–8 daqiqa davom etadi

Javobni tanlab, «Tekshirish»ni bosasiz. Vaqt chegarasi yoʻq, xato uchun jazo ham yoʻq.

Dars ekrani: ب harfi bilan tanishuv

Oʻzingiz sinab koʻring

Barmogʻingiz bilan ب yozing

Keng kosacha chizing, ostiga bitta nuqta qoʻying va tekshiring.

Shu yerga chizing

Harakatni tanlang va oʻqilishini koʻring

بَ ba

Takrorlang mashqi cheksiz

Ustoz ovozini tinglang, oʻzingizni yozib oling va solishtiring. Har darsda 2 ta AI tekshiruvi.

Alifbo sertifikati

Yakuniy imtihondan soʻng ismingiz yozilgan PDF sertifikat olasiz. Uni QR kod orqali tekshirish mumkin.

Kerak boʻlganda haqiqiy ustoz

Asosiy qismini oʻzingiz oʻrganasiz. Tekshiruv yoki jonli dars kerak boʻlsa, ustoz bor.

Ustoz
DOSKA
Siz
Har bekatdan keyin

Ustoz tekshiruvi

Talaffuz, yozuv va oʻqishingizni yuborasiz. Ustoz 24 soat ichida har qismni baholab, ovozli izoh qoldiradi. Xohlasangiz, jonli qoʻngʻiroqda tekshirtiring.

Jonli darslar

Ustoz bilan darslar

Yakkama-yakka yoki 6 kishigacha guruh, 15–60 daqiqa. Ilova ichida video va doska. Ustoz uy vazifasi beradi va natijangizni koʻrib boradi. Darslar yozib olinmaydi.

Har kuni qaytgingiz keladi

XP, seriya va nishonlar faqat oʻrganilgan harf va soʻzlar uchun beriladi.

8/10

Kunlik maqsad

Kuniga 5, 10 yoki 15 daqiqani oʻzingiz tanlaysiz. Maqsadga yetsangiz +5 XP.

DuSeChPaJuShYa

Ketma-ket kunlar

Har tugatilgan dars seriyaga bir kun qoʻshadi. Bir kun oʻtkazib yubordingizmi? Muzlatish seriyani saqlaydi.

17XP

XP va nishonlar

Birinchi dars, har bir bekat, butun alifbo, 7 va 30 kunlik seriya uchun nishon beriladi.

KK

Tangalar

Mashq qilib tanga yigʻasiz va ularni ustoz darsi yoki tekshiruvga chegirmaga almashtirasiz.

Keyinroq: haftalik ligalar, doʻstlar bilan bellashuv va ustoz guruhidagi reyting.

Talabalaringizni KalimaGo da oʻqiting

Ustozlar uchun alohida panel: bugungi darslar, oʻquvchilar va ularning zaif harflari, uy vazifalari, tekshiruvlar va boʻsh vaqtlar jadvali.

Ustoz sifatida qoʻshilish
BugunTekshiruvlarO'quvchilarUy vazifalariBoʻsh vaqtlar
BUGUN
Jonli dars · guruh18:00
Ustoz tekshiruvikutmoqda
Uy vazifasi · tekshirishyangi

Alifbo toʻliq bepul

Bepul
  • Butun alifbo: 28 harf, 7 bekat, barcha oʻqish qoidalari
  • «Umumiy arab tili» kursidan 3 ta dars
  • Kuniga 5 dars, 5 ta yozuv va 5 ta talaffuz tekshiruvi
  • «Takrorlang» mashqi cheksiz
Cheksiz rejim Beta qatnashchilariga chegirma
  • Bepul tarifdagi hamma narsa, cheklovsiz
  • «Umumiy arab tili» toʻliq: A1 → B1
  • Har bir gapirish qadamida AI tekshiruvi
  • Xato javoblarga tushuntirish
  • Ustoz tekshiruviga chegirma
Ustoz bilan
  • Yakkama-yakka yoki 6 kishigacha guruh
  • 15–60 daqiqalik jonli darslar, video va doska
  • Uy vazifasi va ustoz bahosi
  • Har bekatdan keyin ustoz tekshiruvi

Sertifikatga tayyorgarlik narxi modul ochilganda eʼlon qilinadi

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? kalimaarabtili@gmail.com manziliga yozing.

Ha, KalimaGo aynan noldan boshlaydiganlar uchun. Birinchi dars ا harfidan boshlanadi. Harflarni bilsangiz, tezkor test sizni toʻgʻri bekatga joylashtiradi.

Karvon tez orada yoʻlga chiqadi

Roʻyxatga yoziling: beta ochilgan kuni va har bir yangi modul ochilganda birinchi xatni siz olasiz.

Betaga yozilish